Vazifalar: O‘zbek tilida xitoy tili bo‘yicha onlayn darslar o‘tish; Taxminan 10 nafar o‘quvchidan iborat guruh bilan ishlash; Darslarni tushunarli, qiziqarli va interaktiv tarzda olib borish; O‘quvchilarning talaffuzi, so‘zlashuv ko‘nikmasi va bilim darajasini rivojlantirish; Uy vazifalarini berish va tekshirish; O‘quvchilarning natijalarini muntazam kuzatib borish. Talablar: Xitoy tilini yuqori darajada bilish; O‘zbek tilida erkin va tushunarli gapira olish (rus tilini bilish ustunlik beradi, lekin majburiy emas). Xitoy tilini o‘qitish bo‘yicha tajribaga ega bo‘lish; Guruh bilan ishlash va darsni samarali tashkil eta olish; Mas’uliyatli, xushmuomala va kommunikativ bo‘lish; Barqaror internet aloqasi, kompyuter yoki noutbuk hamda sifatli mikrofon mavjud bo‘lishi. HSK sertifikati, Xitoyda ta’lim olganlik yoki xitoy tili yo‘nalishidagi diplom ustunlik beradi. Ish formati: To‘liq onlayn; Guruhda taxminan 10 nafar o‘quvchi; Dars jadvali kelishuv asosida; Ish haqi suhbat davomida tajriba va darslar soniga qarab kelishiladi.